Usik qachon faoliyatini yakunlaydi?

Sport

image

Ukrainalik super og‘ir vazn toifasidagi mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik 2 ta jangdan keyin faoliyatini yakunlashi mumkin. Bu haqda bokschi “Al Arabiya English” YouTube kanaliga bergan intervyusida aytdi.

“Hozir nima bo‘lishini bilmayman, ammo aqlbovar qilmaydigan faoliyatimda yana ikkita jang qoldi”, deydi Usik.

Ma’lumot uchun, Aleksandr Usik 38 yoshda. 2012 yilgi Olimpiadaning oltin medali sohibi bo‘lgan ukrainalik sportchi 2013 yilda professional boksda debyutini o‘tkazgan. 2018 yil iyul oyida Usik birinchi og‘ir vazn toifasida mutlaq chempion bo‘ldi, shundan so‘ng u superog‘ir vazn toifasiga o‘tdi.

2024 yilning may oyida Usik britaniyalik Tayson Fyurini mag‘lub etib, super og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylandi. Revansh dekabr oyida bo‘lib o‘tdi va ukrainalik bokschi yana ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozondi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Aleksandr Usik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing