“O‘sha kun men mast edim”. Buxoroda ayol Lacetti'dan tanasini chiqarib o‘ynadi

3-sahifa

image

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Lacetti'ning old o‘rindig‘ida o‘tirgan yo‘lovchi ayol tanasini harakatlanayotgan avtomobildan chiqarib o‘ynagani aks etgan video tarqaldi. Bunga viloyat IIB matbuot xizmati izoh berdi.

Qayd etilishicha, Buxoroda 6 may kuni mast ayol harakatlanayotgan mashinadan tanasini chiqarib o‘ynagani uchun haydovchi va yo‘lovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilgan.  

Haydovchi esa ayolning mastligini bilmay, uni mashinasiga mindirganini aytgan.

"Uning mashina oynasidan tanasini chiqarganini ko‘rmay qoldim. Ko‘rib, keyinroq yo‘l chetida to‘xtab, yo‘lovchini o‘rindig‘iga o‘tqazib qo‘ydim va xavfsizlik kamarini taqdim. Boshqa haydovchilardan bunday xatoni takrorlamasliklarini so‘rayman", degan haydovchi.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan haydovchi va uning yo‘lovchisiga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

"O‘sha kuni oromgohdan qaytayotgan edim. Spirtli ichimlik ta’sirida edim – xursandchiligimdan... Qilgan ishimdan pushaymonman, hech kimga tavsiya qilmayman", degan yo‘lovchi ayol.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro IIB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing