USAID dasturlarining 83 foizi yopildi
Olam
−
10 mart
1992AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) dasturlarining 83 foizini rasman to‘xtatdi. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Marko Rubio o‘z X ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.
Davlat kotibining so‘zlariga ko‘ra, USAID'ni bekor qilish uchun Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan 5 ming 200 dan ortiq shartnoma tuzilgan.
“Olti haftalik tekshiruvdan so‘ng, biz USAID dasturlarining 83 foizini rasman to‘xtatdik. Hozirda bekor qilingan 5200 shartnoma orqali Qo‘shma Shtatlar manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydigan o‘nlab milliard dollarlar sarflangan”, deya yozadi Marko Rubio.
Shuningdek, Davlat kotibi o‘z postida “uzoq vaqtdan beri kechikib ketgan tarixiy islohot”ga qo‘shgan hissasi uchun Ilon Mask tomonidan nazorat qilinadigan Hukumat samaradorligi idorasiga (DOGE) minnatdorlik bildirgan.
Rubioning qo‘shimcha qilishicha, USAID'ning qolgan 18 foiz dasturlari (taxminan 1000 ta dastur) Davlat departamenti tomonidan boshqarilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 fevral kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati USAID'ning 2000 nafar xodimini ishdan bo‘shatish to‘g‘risida elektron maktublar yuborgandi.
LiveBarchasi