Urush shamoli Belarusdan esmoqda. Rossiyadan harbiy texnikalar yuborilyapti
Olam
−
06 yanvar 2023
16012Rossiyaning harbiy texnikalaridan tashkil topgan navbatdagi eshelon Belarus Respublikasiga yetib keldi. Bu haqda bugun, 6 yanvar kuni RIA Novosti nashri xabar berdi.
Gap shundaki, 2022 yilning oktyabr oyidan e’tiboran Moskva va Minsk mintaqaviy qo‘shinlar guruhini Belarus Respublikasi hududiga joylashtira boshlagan edi. Lukashenko buni Rossiya va Belarus Respublikalari o‘rtasida tuzilgan ittifoqning g‘arbiy chegaralaridagi vaziyatning keskinlashuvi bilan izohlagan.
Qayd etilishicha, Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko 230 raqamli Quruqlikdagi umumqo‘shin kuchlarning g‘arbiy operativ qo‘mondonligiga kelgan. Aynan shu poligonda rus askarlari joylashgan bo‘lib, unga Rossiya va Belarus bo‘linmalarining jangovar muvofiqlashtirish ishlari yakunlangani haqida hisobot berilgan.
Belarus Mudofaa vazirligiga ko‘ra, Rossiya harbiy xizmatchilarining soni sal kam to‘qqiz ming nafarga yetishi kerak. Qolaversa, Belarusga 170 ga yaqin tanklar, 200 ga yaqin zirhli jangovar mashinalar va 100 millimetr kalibrga ega yuzdan ortiq qurol va minomyotlar, shuningdek, samolyotlar berilishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko mamlakat Rossiya Federatsiyasining Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiya”sida ishtirok etayotganini, biroq Belarusga zarba berilishining oldini olish maqsadida o‘z harbiylarini yubormayotganini, aytgan edi.
LiveBarchasi