Urush faxriylarining pensiyasi oshiriladi
Jamiyat
−
11 may 2021
4421O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining pensiyasi miqdori oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining moddiy ta’minotini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilandi.
Farmon bilan 2021 yil 10 maydan boshlab 1941–1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda – 2,5 million so‘m etib belgilanadi.
Mazkur Farmonni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlar Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
LiveBarchasi