Urush faqat shartnoma bilan tugaydi – Ukraina razvedkasi

Olam

image

Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Vadim Skibitskiy Ukrainaning jang maydonida g‘alaba qozonish yo‘lini ko‘rmayotganini, bunday urushlar faqat shartnomalar bilan tugashini aytdi. Uning so‘zlarini “Ukrainskaya pravda” keltirmoqda.

“Ukraina rus qo‘shinlarini o‘z chegaralariga qaytarishga muvaffaq bo‘lgan taqdirda ham, bu urushni to‘xtata olmaydi”, deydi u.

Skibitskiyning ta’kidlashicha, hozirda ikkala tomon ham potensial muzokaralar oldidan foydali pozitsiyani egallashga harakat qilmoqda. Ammo mazmunli muzokaralar 2025 yilning ikkinchi yarmigacha boshlanmasligi mumkin, deb hisoblaydi u.

Uning fikricha, bu vaqtga kelib Rossiya jiddiy muammolarga duch keladi. Rossiya harbiy ishlab chiqarish quvvati kengaydi, ammo materiallar va muhandislar yetishmasligi tufayli 2026 yil boshida platoga etadi.

“Ikkala tomonning qurollari tugashi mumkin. Ammo boshqa jihatlarda hech narsa o‘zgarmasa, Ukraina birinchi bo‘lib qurolsiz qoladi”, deydi Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari.

Skibitskiyning aytishicha, urushdagi eng katta noma’lum omil Yevropadir. Ukrainaning qo‘shnilari mamlakatga yordam berish uchun mudofaa ishlab chiqarishni yanada ko‘paytirish yo‘lini topmasa, ular ham oxir-oqibat Rossiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuviga tushib qolishadi.

Shuningdek, u Ukrainaning jasorati va fidoyiligi Yevropaga ko‘p yillik muvaffaqiyatlar berganini, kamida o‘n yil davomida Rossiya havo-desant qo‘shinlari va dengiz piyodalarining bevosita tahdidini yo‘q qilganini ta’kidlagan.

Skibitskiyning so‘zlariga ko‘ra, savol shuki, u Yevropaning yaxshiliklarini qaytaradimi?

“Biz kurashni davom ettiramiz. Boshqa tanlovimiz yo‘q. Biz yashashni xohlaymiz. Ammo urushning natijasi faqatgina bizga bog‘liq emas”, deydi u.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Vadim Skibitskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing