O‘runovga klubi tilla iPhone sovg‘a qildi
Sport
−
13 noyabr
2858Eronning "Persepolis" klubi o‘zbekistonlik futbolchisi Oston O‘runovga iPhone sovg‘a qildi. Bu haqda O‘runovning o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Eron klubi o‘tgan mavsumda Eron chempionligini qo‘lga kiritgan o‘z futbolchilariga tilla iPhone hadya qilgan.
“Mening Persepolisim”, deb yozgan O‘runov o‘z postida.
Ma’lumot uchun, 23 yoshli futbolchi shu yilning fevral oyida “Persepolis” a’zosiga aylangandi. U Tehron klubi safida jami 23 ta o‘yinda qatnashib, 8 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchining klub bilan shartnomasi keyingi yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
Qayd etish joiz, hozirda O‘runov O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida bo‘lib turibdi. “Oq bo‘rilar” ertaga, 14 noyabr kuni Dohada Qatar milliy terma jamoasiga qarshi Jahon chempionati saralashi doirasida bahs olib boradi.
LiveBarchasi