Urugvay O‘zbekistonga yangi elchi jo‘natdi
Olam
−
02 aprel 2019
3607Urugvay Sharqiy Respublikasi O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi. Urugvayning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida (qarorgohi Moskva shahrida) Enrike Xuan Delgado Xenta ish boshladi.
Bugun, 2 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Urugvay Sharqiy Respublikasining yangi tayinlangan elchini qabul qildi.
Ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan vazir elchini O‘zbekistondagi missiyasi boshlangani bilan tabrikladi va mas’uliyatli vazifani bajarishda muvaffaqiyat tiladi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Urugvay hamkorligining istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Urugvayning geografik jihatdan bir biridan uzoqda joylashganiga qaramay, ayrim sohalarda aloqalarni faollashtirish uchun real imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.
Suhbat davomida xalqaro tashkilotlar shaklidagi hamkorlikka doir masalalar yuzasidan fikr almashildi.
LiveBarchasi