“China Cup-2019”. O‘zbekiston Urugvayga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
Sport
−
22 mart 2019
5579Xitoyning Nanning shahrida “China Cup-2019” xalqaro musobaqasi ikkinchi yarim final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Urugvayga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuv 3:0 hisobida Urugvay g‘alabasi bilan yakunlandi. Gollarga Gaston Perreyra va Kristian Stuani (dubl) mualliflik qildi.
Endi O‘zbekiston terma jamoasi 25 mart kuni 3-o‘rin uchun bahsda Xitoyga qarshi maydonga tushadi.
“China Cup-2019” O‘zbekiston - Urugvay 0:3
Gol: Gaston Perreyra (5), Kristian Stuani (24, 82)
O‘zbekiston: S.Quvvatov, F.Sayfiyev, A.Ismoilov, Ye.Krimets, D.Hoshimov, O.Ahmedov, O.Shukurov, J.Sidiqov (I.Aliboyev, 72), J.Masharipov, D.Hamdamov (S.Mirzayev, 64), E.Shomurodov (M.Bikmayev, 64).
Urugvay: F.Muslera, M.Kaseres, D.Godin, X.Ximenes, D.Laksalt, N.Nandez, M.Vesino, R.Bentankur, N.Lodeyro, K.Stuani, G.Pereyro.
Ogohlantirishlar: D.Hoshimov (59), J.Masharipov (79), X.Ximenes (85)
LiveBarchasi