O‘rtoqlik uchrashuvida “Barsa” va “Siti” jangovor durang qayd etdi

Sport

image

Kecha, 24 avgust kuni Ispaniyaning “Barselona” jamoasi o‘z maydonida “Manchester Siti”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. Uchrashuvda 3:3 hisobidagi jangovar durrang qayd etildi.

Birinchi bo‘limning 21-daqiqasida Alvares “Manchester Siti”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Orada 8 daqiqa o‘tib, Obameyang muvozanatni tikladi va dastlabki bo‘lim 1:1 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi taymda birinchi bo‘lib, “Barsa” futbolchilari to‘p kiritdi. Frenki de Yong 66-daqiqada o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi – 2:1. Palmer esa 70-daqiqada hisobni tenglashtirdi.  Niderlandiyalik hujumchi Depay 79-daqiqada “Barselona”nin uchinchi goliga mualliflik qildi. Riyad Marez 90-daqiqada belgilangan penaltidan unumli foydalandi. Shu tariqa, uchrashuvda 3:3 hisobidagi jangovor durrang qayd etildi.

Qayd etish joizki, ushbu uchrashuvni o‘tkazish ortidan tushgan pullar amiotrofik lateral skleroz bilan kasallanganlarni davolash uchun sarflanadi. Ushbu kasallik 2020 yil, iyunda kataloniyaliklar sobiq darvozaboni va murabbiyi Xuan Karlos Unsueda qayd etilgandi.

Gollar: 0:1 – 21 Alvares, 1:1 – 29 Obameyang, 2:1 – 66 de Yong, 2:2 – 70 Palmer, 3:2 – 79 Depay, 3:3 – 90, penalti Marez.

Barselona – Penya (Tenas, 81), Serji Roberto (Dest, 81), Pike (Erik Garsiya, 57), Kunde (Kristensen, 81), Alba (Balde, 57), Buskets (Pyanich, 72), Kessie (Gavi, 57), de Yong (Torres, 72), Obameyang (Depay, 57), Rafinya (Ez Abde, 72), Ferran Torres (Fati, 46).

Manchester Siti – Ortega, Lyuis (Joau Kanselu, 46), Uoker (Stounz, 46), Ruben Diash (Mbete, 64; Bobb, 90), Serxio Gomes (Uilson-Esbrand, 46), Bernardu Silva (de Bryuyne, 64), Fillips (Rodri, 57), Palmer, Foden (Gyundogan, 65), Marez, Alvares (Xoland, 72).


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona” “Manchester Siti”

Baholaganlar

19

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing