“O‘rtadagi inson”: Zelenskiy ilk bor “Time” muqovasini bezadi

Olam

image

Amerikaning haftalik “Time” jurnali muqovasida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy suratini chop etdi. Ukraina Prezidenti jurnalning xalqaro versiyasining yangi soni muqovasidan joy oldi.

Zelenskiyning surati ostiga quyidagi izoh yozilgan:

“O‘rtadagi inson. Ukraina Prezidenti qanday qilib Putin va Tramp orasida bo‘lish haqida.”

Zelenskiy bag‘ishlangan maqola “Ukraina Prezidenti dunyoning eng katta siyosiy dramasida o‘z rolini qanday uddalamoqda” deb nomlangan. Unda Zelenskiy "Men impichmentdan qo‘rqmayman" deb, fikr bildirgan.

Maqolada Zelenskiydan intervyu olgan jurnalist uni oxirgi marta 8 oy oldin ko‘rganini, bu vaqt ichida Ukraina prezidenti ancha o‘zgarib, “toliqqan” holda bo‘lgani, “qartayib” ketganinini ta’kidlab o‘tgan. 

Maqolada amerikalik demokratlar Zelenskiyni AQSH Prezidenti Donald Trampning o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilishi qurboni deb hisoblashsa, respublikachilar esa aksincha uning aybsizligining bosh guvohi deb hisoblashlari qayd qilib o‘tilgan.

Ta’kidlash joiz, Zelenskiy Ukraina Prezidentlaridan birinchi bo‘lib ushbu nufuzli jurnal muqovasida joylashtirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

63

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing