O‘rta Chirchiqda ayol va ikki qizi zaharlandi. 13 yashar qiz vafot etdi
Jamiyat
−
13 noyabr 2021
6251Joriy yilning 5 noyabr kuni Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida ayol va uning ikki qizi noma’lum gazdan zaharlandi. Qizlardan biri vafot etdi. Bu haqda tuman hokimining hodisani o‘rganish uchun komissiya tuzish to‘g‘risidagi qarorida so‘z boradi.
Ma’lum qilinishicha, tumanning “Adolat” mahallasi, Furqat ko‘chasidagi uyda yashovchi fuqarolar 1967 yilda tug‘ilgan B.A., 1995 yilda tug‘ilgan M.M. va 2008 yilda tug‘ilgan M.A. noma’lum gazdan zaharlanib, Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli shoshilinch tez yordam bo‘limiga olib kelingan.
6 noyabrda 2008 yilda tug‘ilgan M.A. Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli Bolalar shifoxonasida vafot etgan.
Shu sababdan tumanda baxtsiz hodisa sodir bo‘lganda uning sabablarini tekshirish bo‘yicha dastlabki zarur choralarni ko‘rish, baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr