“O‘rikzor” bozori sobiq rahbarining antikvar mashinalari yarim milliard so‘mga savdoga qo‘yildi

Jamiyat

image

"O‘rikzor" bozori sobiq rahbariga tegishli bo‘lgan antikvar mashinalar ochiq auksionga qo‘yildi. Bu haqda O‘zA xabar tarqatdi.

Auksion joriy yilning 19 aprel kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan. “E-IJRO AUKSION” Elektron savdo maydonchasiga qo‘yilgan 3 ta avtomobilning narxi yarim milliard so‘mdan yuqori baholangan.

Auksionga qo‘yilgan avtomobillar odatda shaxsiy kolleksiya uchun yig‘iladigan tarixiy (antikvar) ulovlar sirasiga kiradi. Ular 648 483 546 so‘mlik M-103 rusumli avtomobil va narxi 527 593 963 so‘m ko‘rsatilgan BMW 511 hamda 600 217 528 so‘m baholanayogan TRIUMPH rusumli avtomobillar ochiq auksionda sotilishi kutilmoqda.

Mazkur avtomobillar xatlangan mol-mulk bo‘lib, ishonchli manbalar ularning haqiqiy egasi sobiq “O‘rikzor” dahasidagi ulgurji Karvon bozorining sobiq direktori Dmitriy Limga tegishli ekani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Dmitriy Limga tegishli bo‘lgan Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi suv bo‘yida joylashgan ko‘chmas mulk ob’ekti ham savdoga qo‘yilgani haqida ma’lumot bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

O'rikzor

Baholaganlar

161

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing