Urgutda tanishini mix bilan o‘ldirgan yigit uzoq muddatga qamaldi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Samarqand viloyati Urgut tumanida hamqishlog‘ini mix bilan o‘ldirgan shaxs 18 yilga qamaldi. Bu haqda “Bu kun” informatsion dasturi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Urgut tumani markazida 25 yoshli yigit 50 yoshli hamqishlog‘ini mix bilan o‘ldirgan. Voqea sodir bo‘lgan vaqtda ularning ikkisi ham mast holatda bo‘lgan. 

Ma’lum qilinishicha, jabrlanuvchi jinoyatchidan ko‘chada spirtli ichimlik olib berishini so‘ragan va haqorat qilgan. Shundan so‘ng, jinoyatchi jahl bilan unga tashlangan.

Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasiga nisbatan 2-qismi “l, j” bandlari bilan 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik

Baholaganlar

416

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing