Urgutda 2,2 mlrd so‘m imtiyozli kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan MCHJ rahbari ushlandi
3-sahifa
−
27 yanvar
7881Samarqand viloyati Urgut tumanida kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan MCHJ rahbari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.
Urgut tumanida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Z.B.” MCHJ rahbari R.E. aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida bankdan ajratilgan 2,2 mlrd so‘m imtiyozli kredit evaziga kartoshka mahsulotini import qilmasdan ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan. Shuningdek, u 497,9 mln so‘m soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlagani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 184-moddasi (soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi