Urgutda narkotik moddani 9 ming dollarga pullamoqchi bo‘lgan jinoiy guruh ushlandi
3-sahifa
−
26 iyun
4568Samarqand viloyatining Urgut tumanida giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelayotgan jinoiy guruh aniqlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Urgut tumanida yashovchi fuqarolar – 1983 yilda tug‘ilgan, Uzun mahallasida istiqomat qiluvchi T.X., 1984 yilda tug‘ilgan, G‘oyibota mahallasida yashovchi O.D., 1991 yilda tug‘ilgan, Quyiqishloq mahallasida yashovchi T.M.lar giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlangan.
Jinoiy guruhning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yish maqsadida DXX Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan boshqa huquq-tartibot idoralarini jalb qilgan holda o‘tkazilgan tezkor tadbirda T.H., O.D. va T.M.lar Urgut tumani hududida 1 kg 200 gr “opiy” giyohvandlik vositasini mahalliy fuqaroga 9 ming AQSH dollari evaziga sotayotgan vaqtda tezkor guruh tomonidan qo‘lga olinib, xolislar ishtirokida rasmiylashtirilgan.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha yuqoridagi shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi