O‘rgangan ko‘ngil... O‘zbekiston yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

Sport

image

Bugun, 12 oktyabr kuni Ummon shahrida O‘zbekiston milliy terma jamoasi mezbon Iordaniyaga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi va yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi.

O‘yinni faol boshlagan O‘zbekiston bir nechta xavfli hujumlar tashkil qildi. Biroq, birinchi bo‘limning 29-daqiqasida Islom Qobilovning qo‘pol xatosidan so‘ng, qarshi hujumga o‘tgan iordaniyaliklar Saif Bahaning goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldi.

Ikkinchi taymning 56-daqiqasida jarima zarbasidan unumli foydalangan mezbonlar oradagi farqni ikkitaga oshirishdi. Ushbu vaziyatda o‘ng qanotdan uzatilgan to‘pni Nasib Abdulla boshi bilan Eldor Suyunov darvozasiga joylab qo‘ydi. 

Shundan so‘ng, Katanets shogirdlari hisobni tenglashtirish uchun birin-ketin xavfli hujumlar tashkil etdi. Lekin, 83-daqiqada Hamza Aldaradre darvozabon bilan birga-bir vaziyatda sovuqqonlik bilan harakat qilib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi – 3:0.

Bu O‘zbekiston terma jamoasi uchun Srechko Katanets murabbiy etib tayinlanganidan keyingi 2-mag‘lubiyat sifatida yozildi. Unga qadar Shvetsiyaga kichik hisobda yutqizgan “oq bo‘rilar”, Malayziyani yirik 5:1 hisobida taslim etgandi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi o‘yinda o‘zbekistonlik futbolchilar raqib darvozasini ishg‘ol etganida, bu terma jamoa tarixidagi 500-gol sifatida qayd etilar edi.

Ma’lumot uchun, shu kunga qadar O‘zbekiston va Iordaniya 14 marta o‘zaro to‘qnash kelgan va ularning 9 tasida “oq bo‘rilar”, bitta bahsda esa iordaniyaliklar g‘alaba qozongandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Futbol Iordaniya Srechko Katanets O'rtoqlik uchrashuvi

Baholaganlar

1359

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing