Urganchda chiqindixonadan chaqaloq murdasi topildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlardagi Xorazmda yangi tug‘ilgan chaqaloqni axlatga tashlab ketishgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 1 yanvar kuni Urganch shahar, A.Temur va Gurlan ko‘chalari o‘rtasida joylashgan chiqindi tashlash joyidan o‘lik holatda, yetilmagan, qiz jinsiga mansub chaqaloq murdasi topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Urganch shahar prokuraturasi tomonidan o‘tkazilayotgan tergovga qadar tekshiruvda tayinlangan Respublika sud-tibbiy ekspertizasi ilmiy-amaliy markazi Xorazm filialining 2-sonli xulosasida shaxsi noma’lum qiz jinsiga mansub, chaqaloqning o‘limiga yetilmaganlik va hayotga layoqatsizlik sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan.

Shuningdek, ekspert xulosasiga ko‘ra, chaqaloq ona qornida 5,5-6 oy yashagan bo‘lishi mumkinligi, chaqaloq murdasida tan jarohatlari aniqlanmaganligi, chaqaloqning murdasidan olingan qon va homila yo‘ldoshida homiladorlikni jarrohlik aralashuvisiz erta tugatishda qo‘llaniladigan sintetik preparat “mifepriston” dori vositasi qoldiqlari topilgan.

Tekshiruv davomida chaqaloqning onasi aniqlanmagan.

Hozirda Urganch shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv davom ettirilmoqda, tekshiruvning borishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

chaqaloq

Baholaganlar

979

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made