Urganch tumanida shoqollar paydo bo‘ldi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatining Urganch tumanida shoqollar yurgani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, chiyabo‘ri (shoqol)lar Urganch tumani Chandirqiyot qishlog‘i, Baqaylar mahallasi hududida kuzatilgan. Ularni O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuni  talablariga muvofiq muhofaza qilish choralarini ko‘rish hamda inson xo‘jalik faoliyatiga zarar yetkazilishini oldini olish maqsadida  havaskor ovchilar guruhi shakllantirilgan. 

Bildirilishicha, hozirda havaskor ovchilar guruhi hurkitish ishlarini olib bormoqda. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani va Jizzax shahrida joylashgan xonadonlarga ilon kirib qolgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Urganch shoqol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing