“Uning tundrasi yonmoqda”. Bayden Putinni tanqid qildi 

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Rimdagi G20 yig‘ilishida Rossiya va Xitoy “ishtirok etmaganini” ta’kidlab, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin iqlim bo‘yicha nima qilmoqchiligi haqida ma’lumotga ega emasligini aytdi.  

Ta’kidlanishicha, Bayden Glazgodagi matbuot anjumanida Xitoyni tanqid qilib, u o‘zini dunyo yetakchisi deb da’vo qilayotganini, lekin G20 kabi forumlarda qatnashmasligini ham aytgan. 

“Rossiyada Putin bilan ham xuddi shunday. Uning “tundrasi yonmoqda”. Uning tundrasi tom ma’noda yonmoqda. Uning iqlim bilan bog‘liq juda jiddiy muammolari bor, lekin u biron ish qilish istagi haqida indamayapti”, degan Bayden. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yil 31 oktyabrdan 12 noyabrgacha Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Shotlandiyada Butunjahon iqlim konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. 1 va 2 noyabr kunlari jahon yetakchilari sammiti bo‘lib o‘tdi. Putin Glazgoga bormadi va sammitda masofadan turib ham ishtirok etmadi. Uning Matbuot kotibi Dmitriy Peskov Glazgoda bunday imkoniyat taqdim etilmaganini tushuntirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Bayden

Baholaganlar

633

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing