Uning “loyihasiman” — Qodirov Putinning xizmatlari haqida gapirdi

Olam

image

Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov o‘zini “xalq xizmatchisi” va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning “loyihasi” deb bilishini aytdi. Bu haqda u Instagram’dagi jonli efir paytida ma’lum qilgan. 

Qodirov efirda obunachilaridan birining savoliga javob berib, tegishli bayonot bergan. 

“Men Checheniston Respublikasining rahbariman, bizning o‘z gerbimiz va bayrog‘imiz bor, men Respublikaning saylangan rahbari, Putinning “piyoda askari”, Prezidentning loyihasiman, deb aytishim mumkin. Agar u eng qiyin paytlarda mening xalqimni qo‘llab-quvvatlamaganida, ehtimol bugun boshqacha bo‘lar edi”, degan Qodirov. 

U Putinning Shimoliy Kavkazda xavfsizlik o‘rnatish va Chechenistonni tiklashdagi xizmatlarini ta’kidlab, Rossiya Prezidentining harakatlari va qarorlarini muhim deb atagan. 

Ma’lumot o‘rnida, Ramzan Qodirov 2011 yildan buyon Checheniston Respublikasiga rahbarlik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov

Baholaganlar

327

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing