UNICEF O‘zbekistonda bolalar va ayollarga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtatishga chaqirdi

Olam 3230
image

UNICEF O‘zbekistonda bolalar va ayollarga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtatib, jamiyatning bunday holatlarga munosabatini o‘zgartirishga chaqirdi. Bu haqda tashkilot saytida ma’lum qilindi. 

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda  O‘zbekistonda ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik aks ettirilgan bir qancha videolavhalar tarqalganidan so‘ng, tashkilot  odatiy hol bo‘lib ko‘ringan bunday hodisalardan xavotir bildirgan: jumladan, go‘dakning jamoatchilik oldida kaltaklanishi. 

“Ayollar va bolalar, ayniqsa, qizlar har kuni zo‘ravonlikdan aziyat chekmoqda va bunga, afsuski, “oila ichidagi” mojaro deb qaraladi. Zo‘ravonlik holatlarining oldini olish mumkin. Zo‘ravonlikka barham berishda har bir kishining o‘rni bor. Odamlarning zo‘ravonlikka munosabatini o‘zgartirish, jazosiz qolishga chek qo‘yish, ijobiy tarbiya me’yorlari va amaliyotini targ‘ib qilish, jabrlanganlarga malakali yordam ko‘rsatish zarur”, deydi tashkilotning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamadzoda.

Shuningdek, tashkilot O‘zbekistonni ko‘rilgan barcha chora-tadbirlar bilan bir qatorda, ijtimoiy ishchilar institutini yaratish va butun jamiyatni ushbu muammoni tizimli hal qilish uchun safarbar qilishga chaqirgan. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta ijtimoiy tarmoqlarda ayollar va chaqaloqni kaltaklash bilan bog‘liq videolavhalar tarqaldi hamda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Xususan, Surxondaryo viloyati Uzun tumanida bo‘lib o‘tgan nikoh to‘yi marosimida kuyov o‘yinda yutqazgani uchun kelinni kaltakladi. Ushbu holat holat xorijiy OAVning ham e’tiborini tortmasdan qolmadi

Shuningdek, bir ayol chaqalog‘ini uxlamagani uchun ayovsiz kaltaklagani ham jamoatchilik e’tiboriga tushdi

Aytish joizki, bunday holatlar O‘zbekiston deyarli har kuni uchraydi. Ayollarga, bolalarga nisbatan mushtumzo‘rlik odatiy holga aylanib qolgan go‘yo.

Diyora Abdurahmonova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 80
Reyting: 3.1
t
×