O‘n yoshli bolaning miyasidan o‘ndan ortiq qurt olib tashlandi 

Olam

image

Qozog‘istonning Chimkent shahrida o‘tkazilgan murakkab jarrohlik amaliyotida 10 yoshli bolaning miyasidan o‘ndan ortiq qurt olib tashlandi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi

Aniqlanishicha, bola operatsiyaga qadar doimiy bosh og‘rig‘idan aziyat chekkan. Tekshiruv natijasida ma’lum bo‘ldiki, og‘riqqa miya exinokokkozi – lichinkalarning miyaga kirib borishi oqibatida yuzaga keladigan kasallik sabab bo‘lgan. Lichinkalar vaqt o‘tishi bilan kattalashgan va miyada ko‘p sonli kistalarni hosil qilgan.  

Jarrohlik paytida bolaning miyasidan 10-15 ta tasmasimon qurt olib tashlangan. Kistaning uzunligi 15 santimetr va eni 10 santimetrgacha o‘sgan. 

Ikki soat davom etgan operatsiya muvaffaqiyatli yakunlanib, bola reanimatsiyaga olingan. Ikki kundan so‘ng esa palataga ko‘chirilgan. Hozirda uning ahvoli barqaror ekani va shifokorlar nazoratida bo‘lib turgani ma’lum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston qurt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing