Umurzoqov paxta terimi bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazyapti. Bir necha hokimlar “uchishi” kutilyapti

Olam

image

Paxta terimida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan hokimlar jinoiy javobgarlikka tortiladi. Bu haqda bugun, 27 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov boshchiligida o‘tayotgan yig‘ilishda so‘z ochilgan.

O‘zAning xabar berishicha, ayni daqiqalarda bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov paxta terimidagi qonunbuzilishlarni tanqid qilgan.

“Viloyatlar rahbarlarini paxta terimida majburiy mehnatning oldini olish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil qilish to‘g‘risida alohida ogohlantirgan edik.

Shunga qaramay paxta terimi bo‘yicha har kuni ijtimoiy tarmoqlarda yangi-yangi xabarlar tarqalmoqda. Endi tadbirkorlardan, byudjet tashkilotlarining oddiy xodimlaridan hasharchilarni jalb qilish uchun pul yig‘ish avjiga chiqayapti ekan.

Bu holatlardan bitta xulosa qilish mumkin. Mazkur ish bilan shug‘ullanayotgan har qanday rahbarni hurmatli Prezidentimiz siyosatlariga xiyonatkor deb baholash mumkin.

Bosh prokuratura (Nig‘matilla To‘lqinovich) bunday holatlarga aloqador bo‘lgan shaxslarni xech ikkilanmay zudlik bilan jinoiy javobgarlikka tortishi kerak. Hududiy prokurorlar bilan birgalikda bizga qonun ustuvorligini ta’minlab berishlaringiz kerak”, deydi Sardor Umurzoqov.

O‘zA direktori o‘rinbosari Xushnudbek Xudoyberdiyevning ma’lum qilishicha, yig‘ilishda ayrim hokimlar va tashkilot rahbarlari ishdan olinishi, yana ayrimlariga boshqa intizomiy jazolar berilishi kutilmoqda.

Shuningdek, yig‘ilishda Umurzoqov Klasterlar tomonidan ham salbiy holatlarga yo‘l qo‘yilayotganligi to‘g‘risida ko‘plab e’tirozlar mavjudligini aytdi. 

"Klasterlarga past narxda paxta sotishni xohlamagan fermerlarga tuman sektor rahbarlari tomonidan bosim o‘tkazilayotganini qanday tushunish mumkin?

G‘aniyev Shuhrat Madaminovich, Voitov bu holatni ikki kun muddatda shaxsan o‘rganib, xalq orasida bunday noroziliklarni keltirib chiqarishga sabab bo‘ladigan sektor rahbarlari, klasterlar bo‘yicha taklif kiritinglar", deydi Umurzoqov.


Maqola muallifi

Teglar

Sardor Umurzoqov

Baholaganlar

595

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing