Umumiy ovqatlanish va chakana savdo sohalarida talablar soddalashtiriladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 sentyabrigacha umumiy ovqatlanish va chakana savdo sohalaridagi talablarni soddalashtirish hamda ushbu sohalardagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash choralarini nazarda tutuvchi hujjat loyihasi Hukumatga kiritiladi. Loyihani Adliya vazirligi tayyorlaydi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining kecha, 27 iyul kuni qabul qilingan “Tadbirkorlik sub’ektlari bilan samarali muloqot tizimini joriy etish va ularning huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilandi.

Farmonga ko‘ra, “business.gov.uz” portali “Tadbirkor virtual ofisi” portaliga aylantirildi. 

Portal orqali tadbirkorlarning murojaatlari kechayu kunduz qabul qilinib hal etiladi va ushbu jarayonlar nazorat qilib boriladi.

2022 yil 1 avgustdan:

a)    A) portalga quyidagilar tomonidan murojaatlar kiritiladi:

•    tadbirkorlar;
•    Savdo-sanoat palatasi huzuridagi “Sall-markaz” xizmati;
•    Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Vakil);
•    hokim yordamchilari;

b)    murojaatlar avtomatik yoki Vakil tomonidan vakolatli organlarga ko‘rib chiqish va hal etish uchun yo‘naltiriladi; 

c)    vakolatli organlar murojaatlarni ko‘rib chiqib natijalari to‘g‘risida axborotni portalga kiritadi;

d)    Vakil murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi va muddati ustidan raqamli nazorat o‘rnatadi hamda qonunbuzilish holatlari bo‘yicha tegishli ta’sir choralarini qo‘llaydi.

Vakil har yili 1 martgacha Prezidentga davlat organlari tomonidan tadbirkorlarning huquqlarini va manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishining holatiga doir yillik hisobot taqdim etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

109

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing