Umraga yuborishni aytib 2400 dollarni “uxlatganlar” ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida Umra ziyoratiga yuborishni va’da qilib, fuqarodan 2400 dollar olgan shaxslar ushlandi. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, departamentning Mirobod tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “A.A.” ma’suliyati cheklangan jamiyatining norasmiy ishchisi A.A. va boshqalar fuqaro G.B. va uning ota-onasini jami 3150 AQSH dollari evaziga Saudiya Arabistoniga borishi uchun viza hujjatlarini tayyorlab berishini aytgan va Umra ziyoratiga yuborishlarini va’da qilib, oldindan bo‘nak sifatida 2400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-28-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyatida Umra ziyoratiga deb odamlarni chuv tushirgan shaxslar ushlangani haqida xabar berilgandi.

Javohir Aliqulov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent jinoyat viza Umra

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing