Saudiya Arabistoni xorijliklarga bir shart bilan Umra ziyoratiga ruxsat berdi

Olam

image

Saudiya Arabistoni hukumati horijliklarga joriy yil 10 avgustdan boshlab Umra ziyoratiga ruxsat beradi. Bu haqda “Gulf News” xabar bermoqda

Qayd etilishicha, Saudiya Arabistoni hukumati joriy yilning 25 iyul kuni horijliklarga 10 avgustdan boshlab Umra ziyoratiga ruxsat berishini ma’lum qilgan.

Xabarga ko‘ra, ziyoratchilar Pfizer, Moderna, Johnson&Johnson, AstraZeneca vaksinalaridan birining barcha dozasini olgan bo‘lishi yoki PZR-testning manfiy natijasi bilan Umraga borishlari mumkin.

Ma’lum qilinishicha, emlanmagan ziyoratchilar Saudiya Arabistoniga borgandan keyin takroran test topshirib, karantinda bo‘lishlari talab qilinadi. 

Ayni paytda ajratilgan masjidda kichik Haj mavsumi ochilishi arafasida dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda. Kirish-chiqishni tartibga solish, maxsus ehtiyojli kishilar uchun joylar ajratish va namozgohlar, hovlilar va tavof zonalariga Zamzam suv idishlarini tarqatish tartiblari o‘rnatilmoqda. Ushbu tayyorgarliklar ziyoratchilarning xavfsizligi va qulayligini ta’minlash uchun amalga oshirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Haj safari

Baholaganlar

352

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing