Umra ziyoratiga borishni xohlovchilar endi 14 kun kutishmaydi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Endilikda Umra ziyoratiga borishni xohlovchi musulmonlar avvalgidek ro‘yxatga yozilish uchun 14 kun kutishlari shart emas. Bu haqda Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligining rasmiy saytida ma’lum qilingan.

Vazirlikning rejalashtirish va strategiya bo‘limi boshlig‘i Amir Maddaning aytishicha, koronavirus tufayli joriy etilgan profilaktik tadbirlarning yumshatilishi natijasida umra ziyoritiga keluvchilar uchun keng imkoniyatlar eshigi ochilmoqda.

Avvalroq, Saudiya Arabistoni hukumati musulmon olamining eng muqaddas ziyoratgohi hisoblangan Makkadagi Al-Haram va Madinadagi An-Nabaviy masjidlarida pandemiya boshlanganidan beri ilk bor ijtimoiy masofa saqlash talabini bekor qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda Saudiya hukumati xorijliklarga Haj ziyoratini amalga oshirishga ruxsat bermadi. Ziyoratni mamlakat ichida 60 ming kishi amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistonida pandemiya boshidan beri 548 ming kishida koronavirus aniqlangan. 8,7 mingdan ortiq bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

353

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing