Endi turfirmalar Umra ziyoratini tashkil qila olmaydi
Jamiyat
−
25 Sentabr
14544Joriy yilning 5 oktyabr kunidan e’tiboran Umra turfirmalari amaldagi litsenziyasi bilan ishlay olmaydi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ma’lum qildi.
Bildirilishicha, ushbu belgilangan sanadan so‘ng Umra xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha barcha turdagi faoliyat noqonuniy hisoblanadi. Ushbu qonunbuzarlik uchun litsenziya olish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari (68 mln so‘m) etib belgilangan.
Bunda turizm faoliyati bilan shug‘ullanayotgan ayrim tadbirkorlar Umra safariga ketish haqidagi reklamalarda berilayotgan va’dalarini bajarmayotgani, masalan, manzilga yetib borganda mehmonxonalar bilan bog‘liq muammolar mavjudligi, ko‘p hollarda esa ziyoratchilar borish-kelishda samolyot reyslarining belgilangan sanadan kechikishi kabi holatlarni misol qilib keltirish mumkin.
Ma’lumot uchun, ushbu qoida 2024 yil 2 iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan mustahkamlangan. Ammo hozircha sohadagi litsenziyalovchi vakolatli organga aylangan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita litsenziya berish uchun tartib-taomillarni tushuntirmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq tur operatorlarga Umra ziyoratini tashkil etish talablari o‘zgarayotgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi