Umra mavsumi qachondan boshlanishi e’lon qilindi

Jamiyat

image

“Umra – 2024”ning navbatdagi mavsumi 10 sentyabrdan boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan tashkil etiladigan “Umra – 2024”ning navbatdagi mavsumida ziyoratchilar “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarda Saudiya Arabistoniga olib boriladi.

Ziyoratchilar Madina shahrida 3 kun, Makka shahrida esa 7 kun bo‘ladi. Mavsum davomida tajribali ishchi guruhi va imom-xatiblardan iborat ellikboshilar hamda malakali shifokorlar ularga hamroh bo‘ladi. Ular Madina shahrida “Grand Shahba”, Makka shahrida esa “Marmara Group Hotel” mehmonxonalarida istiqomat qiladi. Mehmonxonalar 3-4 o‘rinli bo‘lib, 3 mahal taomlar, shirinlik va sarxil mevalar tortiq qilinadi.

“Mazkur shaharlarda muborak qadamjolarga ziyorat tashkil etiladi. Mehmonxonalarda tibbiyot punktlari, transport xizmati va ishchi guruhlari shtablari 24 soat davomida faoliyat yuritadi. Safar yakunida zam-zam suvi hadya qilinadi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Umra tadbirlarini tashkil etish litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilangani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

“Umra – 2024” Madina shahri Makka shahri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made

Mavzuga doir yangiliklar