Ummonning O‘zbekistondagi elchisi tayinlandi
Jamiyat
−
13 noyabr 2023
4009Vafo Jabr Nosir al-Busaidiy Ummon sultonligining O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, bugun, 13 noyabr kuni Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ummon sultonligining O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Vafo Jabr Nosir al-Busaidiy bilan uchrashib, ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib olgan.
Shuningdek, uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va hamkorlikni har jihatdan kengaytirish bo‘yicha so‘z yuritilgan.
“Elchi xonimga O‘zbekistondagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deydi Saidov.
Ma’lumot uchun, Ummon va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992 yilning 22 aprelida o‘rnatilgan.
LiveBarchasi