Umidjon Barnoyev Romitanga hokim bo‘ldi
Jamiyat
−
22 dekabr 2021
13086Bugun, 22 dekabr kuni Xalq deputatlari Romitan tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Unda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ham ishtirok etdi.
Tashkiliy masala ko‘rilgan sessiyada Romitan tumaniga Umidjon Isoyevich Barnoyev hokim etib tayinlandi. Bungacha tumanga hokim bo‘lgan Xurshid Tohiro boshqa ishga o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Umidjon Barnoyev — 1970 yil 12 iyulda Romitan tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti- oliy. 1996 yilda Buxoro Oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi (hozirgi Buxoro muhandislik-texnologiya) institutini hamda 2000 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — muhandis-mexanik, huquqshunos.
Mehnat faoliyatini 1998 yilda Buxoro viloyati Adliya boshqarmasida sud ijrochisi sifatida boshlagan. Faoliyati davomida Toshkent shahar prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti xodimi (2004−2013), “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati yuridik boshqarmasi huquqshunos maslahatchisi (2018) sifatida ishlagan.
2018−2020 yillarda esa “Safari Vogue” innovatsion turizm klasteri direktor o‘rinbosari, 2020 yildan mazkur MCHJning bosh direktori lavozimida ishlagan.
U ayni paytga qadar Buxoro tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
LiveBarchasi