Umidsiz ota Messidan o‘g‘lini HAMASdan qutqarishni so‘radi
Sport
−
17 Oktabr 2023 13244 1 daqiqa
Isroilda yashovchi Argentina fuqarosi Aleks Sherman HAMAS tomonidan o‘g‘irlab ketilgan o‘g‘lini topishda yordam so‘rab, o‘z mamlakati terma jamoasi va “Inter Mayami” klubi sardori Lionel Messiga murojaat qildi. Uning murojaati Ispaniyaning taniqli “Marca” nashrida e’lon qilindi.
“Mening o‘g‘lim, Argentina fuqarosi bo‘lgan isroillik askar, HAMAS terrorchilik guruhi tomonidan G‘azoda o‘g‘irlab ketilgan. Bilaman, sizdan minglab insonlar yordam so‘raydi. Bu video qandaydir natija beradimi yo‘qmi, buni bilmayman, lekin men ota sifatida o‘g‘limni qaytarib olish uchun qo‘limdan kelganini qilyapman. Sizning bir nechta so‘zlaringiz mo‘’jizaga sabab bo‘lishi mumkin. Ron uchun, o‘g‘lim va HAMAS tomonidan o‘g‘irlab ketilgan argentinaliklar uchun yordam bering. Men qo‘limdan kelganini qilaman. Umid qilamanki, bu so‘zlarim sizgacha yetib boradi. Biz sizni yaxshi ko‘ramiz”, deydi Sherman.
Eslatib o‘tamiz, 7 oktyabr kuni Falastin-Isroil mojarosi yana avj oldi. Oqibatda Isroildagi barcha sport tadbirlari to‘xtatildi. Mamlakatda harbiy holat e’lon qilindi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr