Umid Ahmadjonov Kuala-Lumpurda Janni Infantino bilan uchrashdi

Sport

Malajziya

OFK shtab-kvartirasi joylashgan Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida tashkilotning navbatdagi Kongressi o‘z ishini boshladi. Unda kun tartibiga OFKga 2019-2023 yillar uchun yangi rahbar saylash masalasi qo‘yilgan.

Mazkur tadbirda ishtirok etayotgan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov bugun FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashdi. Unda MOQ prezidenti shveysariyalik mutaxassis bilan o‘zbek futbolining kelajagi xususida o‘ziga xos suhbat olib bordi.

Ushbu Konrgess Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK) prezidenti Shayx Ahmad Al-Fahad Al-Sabaxni ham befarq qoldirgani yo‘q. Tashrif davomida Umid Ahmadjonov OOK rahbari bilan ham uchrashdi. Eslatib o‘tamiz, Umid Ahmadjonov Osiyo Olimpiya Kengashining vitse-prezidenti ham sanaladi.

Shuningdek, Umid Ahmadjonov ushbu Kongressda bir qator futbol federatsiyalari rahbarlari bilan ham ko‘rishib, o‘zaro hamkorlik aloqalarini kuchaytirish borasida fikr almashdi.

Ma’lumot uchun, bugun, 6 aprel kuni Osiyo Futbol Konfederatsiyasining 2019-2023 yillar uchun prezidenti rasman saylanadi. Saylovlar jarayonida yagona nomzod – Shayx Solmon Ibrohim bin Halifa “kurash olib bormoqda”.

Eslatib o‘tamiz, OFKning bugungi Kongressida, shuningdek, tashkilot vitse-prezidentligiga, FIFA konsulligiga, OFK erkaklar va ayolar ijroqo‘miga ham saylovlar bo‘lib o‘tishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Umid Ahmadjonov OFK Janni Infantino

Baholaganlar

12

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing