O‘MI Shayx Yusuf Abdulloh Al-Qarzoviy vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Olam

image

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi taniqli islom ulamosi Shayx Yusuf Abdulloh Al-Qarzoviyning vafoti munosabat bilan uning oila a’zolariga, safdoshlari va shogirdlariga hamdardlik bildirdi.

“O‘zbekiston musulmonlari idorasi zamonamizning ulug‘ mujtahid olimi, fazilatli Shayx Yusuf Qarzoviy hazratlarining vafotlari munosabati bilan u kishining barcha oila a’zolariga, safdoshlari va shogirdlariga chuqur va samimiy ta’ziya izhor etadi.

Alloh taolo marhum olimning barcha xayrli ishlarini, ilm yo‘lidagi xizmatlarini, solih amallarini husni qabul aylab, O‘z mag‘firatiga olsin, oxiratlarini obod qilsin.

Marhumning ahli baytiga Alloh taoloning qazoi qadarini rozilik ila qarshi olgan chinakam mo‘minlarning maqomini so‘raymiz, barcha yaqinlariga go‘zal sabr tilab qolamiz”, deyiladi O‘MI ta’ziyasida.

Ma’lumot uchun, Shayx Yusuf Abdulloh Al-Qarzoviy 26 sentyabr kuni 96 yoshida vafot etdi. U 18 yildan beri Xalqaro musulmon ulamolari ittifoqi prezidenti lavozimini egallab kelayotgandi.

Yusuf Abdulloh al-Qarzoviy 1926 yilda Misr g‘arbidagi kichik qishloqda tug‘ilgan. Shayx 120 dan ortiq kitoblar muallifi hamda diniy ilmlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun sakkizta xalqaro mukofotga sohibi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shayx Yusuf Abdulloh Al-Qarzoviy

Baholaganlar

109

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar