Umarali Rahmonaliyevga Fransiya klubi qiziqish bildirmoqda
Sport
−
16:48 507 1 daqiqa
Fransiyaning “Lans” klubi “Sabah” va O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliyevga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Idman” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Liga 1 vakili Ozarbayjon chempionatining 22 yoshli futbolchisini o‘zining transfer ro‘yxatiga kiritgan.
Fransuz klubi skautlari Rahmonaliyevning o‘yinlarini muntazam ravishda kuzatib boryapti va uni transfer qilish imkoniyatlarini baholamoqda. “Lans” o‘zbek futbolchisini yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun potensial nomzod sifatida ko‘rmoqda.
Fransiya klubi yaqin vaqt ichida “Sabah”ga rasmiy taklif yuborishi kutilmoqda. Biroq hozircha tomonlar o‘rtasida muzokaralar boshlangani haqida ma’lumot yo‘q. Rahmonaliyevning transfer qiymati taxminan 1,2 million yevroga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, 22 yoshli yarim himoyachi O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida ham harakat qiladi. Rahmonaliyev Fabio Kannavaro boshchiligidagi terma jamoa bilan joriy yilgi Jahon chempionati uchun AQSHga olib borgan futbolchilar ro‘yxatida bo‘lgan biroq, yakuniy 26 talik tarkibga kirolmagandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyaning “Strasburg” klubi Abbosbek Fayzullayevga qiziqish bildirgani haqda xabar berilgandi.
Live
Barchasi