Chorsu, Zarqaynar, Sag‘bon, Sebzor va Qorasaroyda “ochiq osmon ostidagi muzey” barpo etiladi

Jamiyat

image

Poytaxt Toshkentning Olmazor tumani “Chorsu bozori”, Zarqaynar, Sag‘bon, Sebzor, Qorasaroy, Go‘zalbog‘ va boshqa yon-atrofdagi ko‘cha-mahallalarda, jami 482 gektar maydonda zamonaviy turistik, savdo va dam olish maskani – “ochiq osmon ostidagi muzey” barpo etiladi. Bu yerda hunarmandchilik do‘konlari va rastalari, choyxonalar, mehmonxonalar, kichik muzeylar tashkil etiladi.  Bu haqda bugun, 12 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tumanga tashrifi chog‘ida so‘z borgan.

Qayd etilishicha, Toshkent shahridagi hunarmandlarga 3 yil muddatga 220 million so‘mgacha miqdorda imtiyozli kreditlar ajratish yo‘lga qo‘yiladi. Ayni vaqtda ushbu miqdor 1,5 yilga 55 mln so‘mni tashkil etmoqda. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari –  Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorovga tijorat banklari tomonidan soddalashtirilgan tartib asosida, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga “Har bir oila-tadbirkor” dasturi doirasida 34 million so‘mgacha imtiyozli kredit berilishini joriy etishni buyurdi. 

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov Olmazor tumani hokimi va Olmazor tumani hokimi Baxtiyor Rahmonov 2020 yilda ishga tushadigan korxonalar buyurtmasiga asosan, ayollar, yoshlar, kambag‘al oilalar a’zolarini kasb-hunarga o‘qitishni tashkil etadi. “Bunda xarajatlarni Bandlik jamg‘armasidan to‘lab berish kerak”, deydi davlat rahbari.

Qolaversa, Olmazor tumani hokimi Rahmonov va vazir Husanov Olmazorga biriktirilgan Surxondaryo viloyatidan olib kelingan 1,5 mingta ishchilarni qurilishlarda samarali ishlashini ta’minlaishi lozim. 


Maqola muallifi

Teglar

Olmazor tumani Chorsu Sag'bon Qorasaroy Zarqaynar

Baholaganlar

177

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing