O‘lim kalkulyatori ishlab chiqildi

Texnologiya

image

Koronavirus sabab o‘lish ehtimolini hisoblab beruvchi kalkulyatori Polsha olimlari tomonidan ishlab chiqildi. Dastur sizni ba’zi parametrlaringizni inobatga olib ushbu ishni bajaradi

Pomeraniya ilmiy-texnik parkining vakili Magdolena Malara-Shvitonskayaning ta’kidlashicha, dasturda insonning yoshi va jinsi, shuningdek, surunkali kasalliklarning to‘rtta asosiy turlari to‘g‘risida ma’lumotlar hisobga olinadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kalkulyatorni yaratishda shifokorlar va epidemiologlar ishtirok etgan.

Kalkulyator hisobga oladigan surunkali kasalliklar qatoriga yurak-qon tomir kasalliklari, gipertoniya, qandli diabet va onkologiya kiradi.

"COVID-19 dan o‘lim xavfi turmush tarzi va unga bog‘liq kasalliklarga, shu jumladan semirish, diabet, gipertoniya va ularning asoratlariga bog‘liq. So‘nggi ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, biron bir surunkali kasallikka chalinmagan odaming koronavirusdan o‘lim topish ehtimoli 1 foizdan kamni tashkil etadi", deydi kalkulyator ishlab chiqaruvchi olimlardan biri Petr Bandosh.

Kalkulyatorni sinab ko‘rishda, 30 yoshdagi erkak uchun surunkali kasalliklarsiz koronavirus bilan kasallanish holatlarida o‘lish xavfi 0,03% ni, ayol uchun 0,02% ni tashkil qilishi aniq. 80 yoshida diabet va onkologiya bilan og‘rigan erkak uchun xavf 25,86%, shu yoshdagi va bir xil kasalliklarga chalingan ayol uchun 14,03% tashkil qiladi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Kal'kulyator

Baholaganlar

351

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing