O‘lim qayerda qancha?

Olam

image

Yangi turdagi koronavirus COVID-19 infeksiyasi oqibatida vafot etganlar dunyo miqyosida 108 mingdan oshib ketdi. Bugungacha o‘lim holatlari bo‘yicha birinchilikda Italiya borayotgan edi. Kasallanishda yarim milliondan ortiq holat qayd etilgan AQSH o‘lim miqdori bo‘yicha ham Italiyadan o‘tib ketdi. 

Ayni vaqtda AQSHda ushbu kasallikdan vafot etganlar 20 608 nafarni tashkil etmoqda. Ushbu miqdorning deyarli 35 foizi Nyu-Yorkka to‘g‘ri kelmoqda. 

Ikkinchi o‘rinni esa Italiya zabt etmoqda. Mamlakatda 152 271 nafar bemorning 19 468 nafari vafot etgan. 

Keyingi o‘rinda esa Ispaniyani ko‘rish mumkin. Ushbu davlatda 163 027 kishi koronavirus bilan kasallangan bo‘lsa, ularning 16 606 nafari vafot etgan. 

Fransiyada kasallanganlarning deyarli 10 foizi vafot etgan. Bugunga kelib 130 730 kishi koronavirusga chalingan bo‘lsa, 13 832 kishi vafot etgan. 

O‘lim holati bo‘yicha beshinchi o‘rinni Buyuk Britaniya egallab turibdi. Mamlakatda 79 885 kishi koronavirusga chalingan. Ulardan 9 875 nafari esa vafot etgan. 

Keyingi o‘rinlarda esa Eron (4 357), Belgiya (3 346), Xitoy (3 219), Germaniya (2 871), Niderlandiya (2 643) bormoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

953

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing