O‘lganning ustiga tepgan. Navalniy va uning guruhini terrorchiga chiqarish talab qilinmoqda

Olam

image

Rossiya rasmiylari hozirda qamoqda saqlanayotgan Kreml tanqidchisi Aleksey Navalniy va uning tarafdorlarini mamlakatning terrorist va ekstrimistlar rasmiy ro‘yxatiga kiritishni so‘ramoqda.

Bundan tashqari, mamlakat Federal qamoq xizmati Alekseyning ukasi Olegga tayinlangan shartli qamoq jazosini bir yillik qamoq jazosiga almashtirishni talab qilgan.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning ashaddiy tanqidchisi Aleksey Navalniy mamlakatda poraxo‘rlik bilan kurashish uchun Korrupsiyaga qarshi kurash fondini tuzgan. 

2020 yil “Novichok” turidagi zahar bilan zaharlangani aytiladigan Navalniy omon qolib Germaniyada davolangan edi.

Davolanib Rossiyaga qaytgan Navalniy Moskva aeroportlaridan birida huquq tartibot organlari tomonidan hibsga olingan va sud uni mamlakatda ommaviy tartibsizliklarni uyushtirganlikda ayblanib, qamoqqa hukm qilingan. 

2021 yil Navalniyning siyosiy faoliyati “ekstermistik tashkilotlarga aloqador” deya baholanib, mamlakat bo‘ylab taqiqlangan. 

Navalniy va tarafdorlarining Moliyaviy monitoring bo‘yicha federal xizmatning (Rosfinmonitoring) “Terroristik tashkilotlar” ro‘yxatiga kiritilishi ular uchun jiddiy muammolar yuzaga kelishini bildiradi. 

Buning ortidan, Navalniy va uning jamoasi bank operatsiyalari bo‘yicha cheklovlarga duch kelib, har safar o‘zining bankdagi hisobidan foydalanishni xohlaganda hukumatdan ruxsat olishi kerak bo‘ladi.

Navalniyning ukasi Oleg 2021 yil avgust oyida bir yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilingan. U 2021 yil yanvar oyida ruxsat etilmagan norozilik namoyishlarida qatnashib, odamlarni COVID-19 cheklovlarini buzishga targ‘ib qilganlikda ayblangan bir guruh shaxslar qatorida bo‘lgan.

Yevroparlament o‘tgan yili Aleksey Navalniy “Nobel” mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatilgandan so‘ng, unga fikr erkinligi uchun “Saxarov” mukofotini bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha kun avval, Navalniy jamoasi Rossiya rahbarining Gelenjikdagi qarorgohi deya atab kelinadigan koshonaning ichki interer suratlari aks etgan hujjatli filmning ikkinchi qismini e’lon qilgan edi.


Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

151

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing