O‘ldirilgani da’vo qilinayotgan rossiyalik qo‘mondon ko‘rinish berdi
Olam
−
27 Sentabr 2023
11229Kecha, 26 sentyabr kuni Rossiya davlat televideniyesida Qora dengiz floti qo‘mondoni admiral Viktor Sokolov mudofaa rahbarlari yig‘ilishida masofadan ishtirok etgan. Ukraina maxsus kuchlari esa bir kun oldin uni o‘ldirganini ma’lum qilgandi.
Mudofaa vazirligi tomonidan e’lon qilingan video va fotosuratlarga ko‘ra, Sokolov Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va boshqa armiya boshliqlarining shaxsiy uchrashuviga qatnashgani, garchi gapirmasa ham, flot qo‘mondonlaridan biri sifatida ko‘rsatilgan. Video qachon suratga olingani esa aniq emas.
“Ruslar Sokolovning tirikligi haqidagi javobni e’lon qilishga majbur bo‘lgani sabab, Sokolovning arxivdagi tasvirlari ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. Bizning bo‘linmalar ushbu ma’lumotni o‘rganmoqda”, degan Ukraina maxsus kuchlari bunga javoban.
Ukraina Mudofaa vaziri Rustam Umarov esa CNN telekanaliga bergan intervyusida Sokolovning halok bo‘lganini na tasdiqladi, na inkor etdi. Uning o‘limi barcha uchun “xushxabar” bo‘lishini aytgan, xolos.
“Sokolov bizning vaqtinchalik bosib olingan hududlarimizda. Aslida Sokolovning joyi bu yerda emas. Shu bois ham uning o‘lgani o‘z hududlarimizni ozod qilayotgan paytimizda, hammamiz uchun yaxshi xabar”, degan Umarov.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukraina maxsus operatsiya kuchlari 22 sentyabr kuni Rossiya Qora dengiz floti shtab-kvartirasiga berilgan zarba oqibatida 34 zobit, shu jumladan qo‘mondon Viktor Sokolov ham halok bo‘lganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi