“Ularni qattiq va muqarrar jazo kutmoqda”. Moskva Kremlga qilingan hujumga javob qaytarishga va’da berdi

Olam

image

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi 3 mayga o‘tar kechasi Kremlga qarshi dron yordamida amalga oshirilgan hujumni keskin qoralaydi. Bu haqda mamlakat TIV bayonotida keltirilgan.

“Ularning ortida uzoq va ongli ravishda terrorchilik usullarini qo‘llab-quvvatlagan va fuqarolik infratuzilmasi va tinch aholiga qarshi qo‘llagan Kiyev rejimi turganiga shubha yo‘q. 2022 yil 8 oktyabrda Qrim ko‘prigini buzish, Bryansk, Belgorod va Rostov viloyatlaridagi noharbiy nishonlarga hujumlar, ko‘plab sabotajlar bunga misol. Endi Moskva. Ukraina Qurolli kuchlarining terrorchilik va qo‘poruvchilik faoliyati misli ko‘rilmagan sur’atda jadal rivojlanmoqda”, deyiladi bayonotda.

Shuningdek, bayonotda qayd etilishicha, Ukrainaning bu harakatini o‘ziga xosligi G‘alaba kuni va Ulug‘ Vatan faxriylari ishtirok etadigan 9 may parad arafasida Rossiya Prezidentiga suiqasd uyushtirilganidir.

Bayonotda bunday jinoyatlar javobsiz qolmasligi ta’kidlangan.

“Biz barcha jinoyatchilar topilishiga ishonchimiz komil. Ularni qattiq va muqarrar jazo kutmoqda”, deya ishontirgan Moskva.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kremlga dron vositasida hujum qilingandi. Rossiya tomoni bu Ukrainaning ishi ekanini iddao qilmoqda. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa mamlakat Kremlga ham Rossiyaga ham hujum qilmaganini bildirgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Moskva Ukraina hujum Kreml

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing