Ular uchun O‘zbekistonda hech qanday xavf yo‘q – Komilov muxolifatchilar haqida

Jamiyat

image

O‘zbekiston hukumatiga nisbatan o‘zini muxolifatchi deb hisoblaydiganlar guruhining asosiy qismi turli sabablarga ko‘ra O‘zbekistonni tark etgan. Ammo ularga mamlakatda hech qanday xavf yo‘q. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekiston va Rossiyaning yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari uchun o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.  

Tadbirda jurnalistlardan biri Komilovdan tizimli bo‘lmagan muxolifat, uning yetakchilari, asosan, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida qo‘nim topgani haqida so‘ragan.  

“O‘zini muxolifatchi deb hisoblaydiganlar guruhi haqida gapirganda, ularning asosiy qismi bugun xorijda ekanini to‘g‘ri ta’kidladingiz. Ular turli sabablarga ko‘ra O‘zbekistonni tark etgan: siyosiy, shaxsiy sabablar. Ammo shunga qaramay, ko‘pchilik o‘zini muxolifatchi sifatida ko‘rsatishga harakat qiladi. Ehtimol, bu ularga ma’lum bir maqom, qandaydir yordam, shu jumladan moliyaviy yordam olish imkoniyatini beradi”, degan Komilov. 

Tashqi ishlar vaziri o‘zini muxolifatchi deb hisoblaydiganlardan maktublar kelishi haqida ham gapirgan. 

“Ba’zan bunday vakillardan maktublar keladi, bugungi kunda O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi borasida nima qilish mumkinligi bo‘yicha xayrixohlikdagi xabarlar keladi. Biroq, ko‘p hollarda O‘zbekistonga nisbatan konstruktiv tanqidlar bo‘lmaydi. O‘ylaymanki, bu muxolifat kayfiyati emas, balki O‘zbekistondan uzoqda bo‘lganlarning muayyan sharoitlarda o‘z shaxsiyatining ahamiyatini ko‘rsatish istagi bilan bog‘liq”, degan u. 

Ta’kidlanishicha, bunday kishilar, qaytib, Vatanga xizmat qilishni istasa, hukumat ularni qo‘llab-quvvatlaydi. 

“Davlatimiz rahbarining ma’ruzalarida ularning fikr-mulohazalarini tinglashga, agar ular qaytib, Vatanga xizmat qilishni istasa, qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanimiz qayta-qayta ta’kidlandi. Bu ular uchun hech qanday xavf tug‘dirmaydi. Shu bois, bu tizimdan tashqari, tasodifiy, tarqoq, shaxslarning muxolifati, deb aytaman. Ko‘p hollarda ular bir-biri bilan unchalik bog‘liq emas, ular o‘rtasida xorijiy muxolifat olimpida birinchi o‘rinlarni egallash uchun raqobat mavjud”, degan Komilov.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston muxolifat

Baholaganlar

265

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing