Ular och va bahorga bormay qirilib ketadi

Olam

image

Kerakli mablag‘ bilan ta’minlangan shoshilinch, kelishilgan chora-tadbirlarsiz afg‘onistonlik bolalarning ko‘pchiligi bahorga yetib bora olmaydi. Bu haqda UNICEF xalqaro bolalar tashkilotining Afg‘onistondagi vakili vazifasini bajaruvchi Abdul Qodir Musse ogohlantirdi, deb xabar berdi BMT Matbuot xizmati. 

Surunkali to‘yib ovqatlanmaslik, Afg‘onistondagi sog‘liqni saqlash va asosiy xizmatlarning uzilishi va boshqa omillar afg‘on bolalari o‘rtasida kasalliklarning ko‘payishiga olib keldi. 

Vaziyatni pandemiya, qurg‘oqchilik va mamlakatdagi misli ko‘rilmagan oziq-ovqat inqirozi oqibatlari yanada og‘irlashtirmoqda. 

Jamg‘arma xodimlari Afg‘onistondagi gumanitar vaziyatning yomonlashuvi, ayniqsa, bolalar o‘rtasida xavfli yuqumli kasalliklarning avj olishi bilan kechayotganini ta’kidlamoqda. 

Kichkina afg‘onlar ochlik, qizamiq, bezgak va pnevmoniyaga duch kelmoqda. 

2021 yilda bolalar o‘rtasida qizamiq bilan kasallanganlar soni 66 mingdan oshgan. Diareya, bezgak va dang epidemiyalari qayd etilgan, 1-turdagi yovvoyi poliovirusning to‘rtta holati tasdiqlangan. 

Hozirda mamlakatda qishning og‘ir ob-havo sharoiti mavjud, ko‘plab hududlarda harorat allaqachon noldan sezilarli darajada past va bu, mos ravishda, pnevmoniya va o‘tkir respirator kasalliklarga olib keldi. Ko‘pgina afg‘on oilalari uylarini isitish uchun hech narsasi yo‘q, sovuq uylarda yashaydi. 

Tog‘li hududlardan kelgan bolalar eng katta xavf ostida edi. Ular zudlik bilan qishki kiyim-kechak, yopinchiq va uylarini isitish uchun yoqilg‘iga muhtoj. Afg‘onistonda bugungi kunda besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limining taxminan 25-30 foizi nafas yo‘llari infeksiyalari bilan bog‘liq, o‘limning 90 foizi pnevmoniya bilan bog‘liq. 

Shu oy boshida UNICEF donorlarni Afg‘onistondagi 24 milliondan ortiq aholiga, ularning yarmini bolalarga yordam berish uchun 2 milliard dollar ajratishga chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston

Baholaganlar

801

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing