Ulamolar kengashi o‘zbek-tojik chegarasidagi postga hujumga munosabat bildirdi
Olam
−
26 noyabr 2019
9878Joriy yilning 6 noyabr kuni Tojikistonning “Sultonobod” chegara otryadi harbiy qismiga qarashli 4-“Ishqobod” chegara punktiga qurolli hujum qilingani, uning natijasida terrorchilarning 15 nafar yo‘q qilingani, 5 nafari qo‘lga olingani, to‘qnashuvda 5 nafar Tojikiston fuqarosi ham halok bo‘lganidan xabaringiz bor.
Oradan 20 kun o‘tib, Tojikiston ulamolar kengashi tojik-o‘zbek chegarasidagi “Ishqobod” chegara postiga uyushtirilgan hujumga munosabat bildirdi. Idora bayonotida ushbu qurolli hujum jamoatchilikka qattiq ta’sir ko‘rsatgani aytiladi.
“Terroristlar tomonidan “Ishqobod” chegara postiga uyushtirilgan hujum bizning jamoatchilik, shu jumladan guruhimizga chuqur ta’sir qildi”, deb boshlanadi bayonot.
Idora fikriga ko‘ra, “Ishqobod” cheraga postidagi hujum chetdan turib sahnalashtirilgan va ular davlatning xorijlik dushmanlari tomonidan amalga oshirilgan.
“Ma’lumki, bularning barchasi davlatimizning xorijlik dushmanlari rejalari, ular o‘zlarining pinhoniy gumashtalari orqali ijro etishgan”, deyiladi xabarda.
Xabarda ulamolar kengashi xalqni ogohlikka chaqiradi.
Eslatib o‘tamiz, hujumda 5 nafar tojikistonlik ham qurbon bo‘lgan.
LiveBarchasi