O‘ktam Barnoyev Zoyir Mirzayevning o‘rnini egalladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev bugun, 6 iyul kuni Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi lavozimida ham ish boshladi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabar bermoqda. 

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tgan.

Videoselektorda kun tartibidagi asosiy masala – O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasiga yangi rais saylash ko‘rib chiqilgan. Federatsiya raisligiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev nomzodi tavsiya qiliniyu va konferensiya ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan ma’qullangan.

Shuningdek, konferensiyada federatsiya rahbariyati hamda 13 kishidan iborat Ijroiya qo‘mitasi a’zolari tarkibi ham saylangan. Unga ko‘ra, rais o‘rinbosarlari sifatida Feruz Abdullayev, Bahrom Norqobilov, Avaz Ismoilov va Kamol Xudoyberdiyev nomzodlari ma’qullangan. Shu bilan birga Kamol Xudoyberdiyev federatsiya bosh kotibi lavozimiga ham tasdiqlangan.

Xabarda qayd etilishicha, videoselektor davomida yilqichilik va ot sporti federatsiyasining keyingi faoliyati bo‘yicha takliflar bildirilgan. Unga ko‘ra, hududlarda ushbu sport turini yanada rivojlantirish bo‘yicha markazlar tashkil etish, sport inventarlari holatini o‘rganish va yangilash borasida kelishib olingan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu Barnoyev egallagan lavozimda bir vaqtlar Bosh vazir o‘rinbosari bo‘lgan va bir necha kishi ariqqa tushirgani uchun ishdan ketkazilgan Zoyir Mirzayev ham ishlagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Zoyir Mirzaev O'ktam Barnoev

Baholaganlar

1220

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing