Ukrainada o‘zbekistonlik yollanma jangchi o‘ldirildi
Jamiyat
−
10 iyul 2019
6936Joriy yilning 3 iyul kuni Ukraina sharqida davom etayotgan jangovor harakatlarda DXR (Donetsk xalq respublikasi) tomonda jang qilayotgan o‘zbekistonlik halok bo‘ldi.
“Mirotvorets” markazi bergan ma’lumotga ko‘ra, o‘zbekistonlik Hojiakbar Istamovich Sharipov 3 iyul kuni Yasinotava tumanida halok bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 32 yoshli Sharipov oldin ham yaralangan va 2015 yilning avgustida “DNR/LNR” tibbiy muassasalariga murojaat qilgan. U Ukraina sharqida urush amaliëtlari boshlangan 2014 yildan buyon Donetsk jangarilarining “Vostok” brigadasida jang qilgan. Yuk tashuvchi mashina va BMP haydovchisi bo‘lgan.
Uni tanigan DNR askarlari “VKontakte” tarmog‘ida “o‘zbek” laqabli bu jangarining Donetsk aeroporti, Blesna, Avdeyevka va Promkadagi janglarda ishtirok etgani, yaqin orada O‘zbekistonga borib kelishni niyat qilganini ëzgan.
Bu haqda Ukraina qurolli kuchlari ofitseri Anatoliy Shtefan “Shtirlits” xabar tarqatdi.
“Sharipov Hojiakbar Istamovich “o‘zbek” (26/01/1987 yilda tug‘ilgan, Tomsk/Navoiydan), 03.07.2019 yilda Yasinovataya tumanida halok bo‘ldi. Ruh tobut, muzlatgich va O‘zbekistonga uzoq yo‘l”, deb yozgan ukrainalik ofitser.
Hojiakbar Sharipovning jasadi 6 iyul kuni O‘zbekistonga qaytarilgan.
Ma’lumot uchun, DXR xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olimagan tuzilma. Bugungi kunda u yerda qancha o‘zbekistonlik jang qilayotgani haqida aniq ma’lumot yo‘q.
LiveBarchasi