Ukrainasiz tinchlik yo‘lini ochib bo‘lmaydi – NB 8

Olam

image
Ukraina kelajagini ukrainaliklarning o‘zlarisiz hal qilib bo‘lmaydi – Makron north_east

Ukraina kelajagini ukrainaliklarning o‘zlarisiz hal qilib bo‘lmaydi – Makron

Daniya, Estoniya, Finlyandiya, Islandiya, Latviya, Litva, Norvegiya va Shvetsiya rahbarlari AQSHning Ukrainada tinchlik o‘rnatishga urinishini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi, biroq Kiyevning muzokaralar jarayonida ishtirok etishi muhimligini ta’kidladi. Bu haqda kecha, 10 avgust kuni e’lon qilingan Shimoliy-Boltiqbo‘yi 8 (Nordic-Baltic 8, NB 8) davlatlari rahbarlarining qo‘shma bayonotida so‘z boradi.

Bayonot mualliflarining qayd etishicha, Rossiyaning Ukrainaga qarshi agressiyasiga chek qo‘yishga faqat Moskvaga izchil bosim, Kiyevni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish va “hal qiluvchi diplomatiya” orqali erishish mumkin.

“Tinchlik muzokaralari faqat o‘t ochishni to‘xtatish va Ukraina suverenitetini to‘liq hurmat qilgan holda o‘tkazilishi mumkin. Ukraina xalqi o‘z kelajagini belgilash erkinligiga ega bo‘lishi kerak.Tinchlik yo‘lini Ukraina ovozisiz ochib bo‘lmaydi. Ukrainasiz Ukraina bo‘yicha qaror qabul qilinmaydi va Yevropasiz Yevropa bo‘yicha qaror qabul qilinmaydi”, deya ta’kidladi NB 8.

Shu fonda “Shimoliy-Boltiq sakkizligi” Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini va “BMT Nizomi, Helsinki kelishuvlari va xalqaro huquq tamoyillari asosida adolatli, mustahkam tinchlik” izlashda hamkorlik qilishini yana bir bor ta’kidladi.

Xuddi shunday murojaat Yevropa davlatlari rahbarlari tomonidan Rossiya Federatsiyasi va AQSH Prezidentlari Vladimir Putin va Donald Trampning Alyaskada bo‘lib o‘tadigan uchrashuvi fonida e’lon qilindi. Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas alohida ta’kidlaganidek, Moskva bilan mumkin bo‘lgan har qanday kelishuv “Rossiyaning keyingi tajovuzi uchun tramplin bo‘lmasligi kerak”.

“Rossiyaning o‘z va’dalari va shartnomalarini buzish tarixi Atlantikaning har ikki tomonida chuqur ishonchsizlikni keltirib chiqardi. AQSHning Moskvaga bosimi urush to‘lqinini o‘zgartirishi mumkin”, deb ogohlantirdi Kallas.

”Bloomberg” xabariga ko‘ra, Yevropa yetakchilari Tramp Putin bilan uchrashishdan oldin u bilan gaplashmoqchi.

Ma’lumki, bugun, 11 avgust kuni Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, unda Ukraina bo‘yicha keyingi qadamlar muhokama qilinadi. Muhokama tafsilotlari oshkor qilinmayapti, biroq Tramp avvalroq Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi potensial tinchlik kelishuvi qandaydir “hudud almashinuvi”ni o‘z ichiga olishini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Vladimir Putin Donal'd Tramp Evropa Ittifoqi Estoniya Ukraina Islandiya Daniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing