Ukrainaning NATOga tezda qo‘shilishi kafolatlanmagan – Shols

Olam

image

Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiya agressiyasi tugaganidan keyin ham Ukrainaning NATOga tezda qo‘shilishi kafolatlanmaganini ma’lum qildi. Bu haqda u Moldovada bo‘lib o‘tgan Yevropa siyosiy hamjamiyatining sammitidan so‘ng aytib o‘tgan.

"Kirishning juda aniq mezonlari bor", deydi Shols. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu nomzod mamlakatda chegara mojarolarining yo‘qligini ham o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, u urush tugaganidan keyin Ukraina uchun boshqa mumkin bo‘lgan xavfsizlik kafolatlari haqidagi savolga javob berib, xavfsizlik kafolatlarini nafaqat Ukraina, balki hamma ham jiddiy qabul qilishi kerakligini ta’kidlagan.

Germaniya kanslerining aytishicha, bunday choralar Ukrainani ehtimoliy hujum tahdidlaridan himoya qilishni kafolatlashi va shu bilan birga mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirishga yordam berishi zarur.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Ukraina Olaf Shol'ts

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing