Ukrainaning muzokaralarga tayyorligi bo‘yicha signallar yo‘q – Peskov
Olam
−
28 fevral 2023
3070Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina tomonidan Rossiya Federatsiyasi bilan muzokaralarga tayyorlik haqida hech qanday signal yo‘qligini ma’lum qildi. Bu haqda u bugun, 28 fevral kuni jurnalistlarga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
“Rostini aytsam, agar biz Ukraina tomonining bu borada muzokara olib borishi de-yure mumkin emasligidan kelib chiqsak, ehtimol, hech kim Ukraina tomonidan hech qanday signal bera olmaydi. Biz shundan kelib chiqib muzokara uchun ishora yo‘qligini ma’lum qilamiz”, deydi Prezident matbuot kotibi.
Peskov Ukraina bilan bog‘liq vaziyatni muzokaralar stolida hal qilish imkoniyati borligini tan olgan, ammo Rossiyaning maqsadi urushda yetakchilik qilish ekanini aytgan.
LiveBarchasi